Joriy mavsum "Barselona" sardori kim bo'ladi?

Aslanov Jasurbek
19 avg 2026, 13:13
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik transfer oynasi yakunlanguniga qadar jamoa sardorini aniqlab oldi.

"Rafa [Rafinya] sardor bo'ladi. Mark [ter Shtegen] va Ronald [Arauxo] yo'qligi, Frenki [de Yong] esa hozircha maydonga tusha olmasligi sababli, ovoz berish jarayoni o'tkazilguniga qadar sardorlar bo'yicha qarorga keldim, chunki jamoamiz tarkibi hali to'liq shakllanmagan.

Shunday ekan, menimcha, tarkibimizga yangi futbolchilar kelishi yoki kimdir jamoani tark etish istagini bildirishi mumkin. Hamma narsa tayyor bo'lgach, ovoz berishni o'tkazamiz. Ungacha esa Rafa Erik [Garsiya] va Pedri bilan birgalikda sardorlik qiladi.

Frenkiga kelsak, u jarohat olgani sababli shunday qarorga keldim, ammo u bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Frenki ulg'aygan va u juda professional futbolchi, munosabatlarimiz yuqori darajada. Men doimo u bilan jamoadagi vaziyat va oldinda turgan o'yinlarni muhokama qilaman. Biz haqiqatan ham ko'p muloqot qilamiz. Men uchun u jamoaga katta foyda keltira oladigan, ulkan mahoratga ega muhim futbolchi", - dedi Flikning so'zlarini keltirgan Barca Family News Telegram-kanali.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Barca Family News