OKMK Petrov bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2026, 14:45
OKMK futzal jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Petrov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi tomonlarning o'zaro kelishuviga ko'ra bekor qilindi.


“Aleksandr Petrov 2014 yildan boshlab to 2026 yilga qadar – salkam 12 yil davomida Olmaliq futzalida samarali faoliyat olib bordi. U jamoamiz rivoji, klub o'yin falsafasining shakllanishi va uning mamlakatning eng yetakchi jamoalaridan biriga aylanishiga munosib hissa qo'shdi. Tajribali mutaxassis qo'l ostida jamoamiz ichki arenalarda yuzlab yorqin g'alabalar va unutilmas tantanalarni taqdim etdi.

Unga ko'ra, Aleksandr Petrov boshqaruvida jamoa 5 karra O'zbekiston chempioni, 3 karra kumush medali va 1 bor bronza medali sovrindori, shuningdek, 4 karra O'zbekiston Kubogi sohibi hamda 3 karra O'zbekiston Superkubogi sohibi bo'lgan”, – deyiladi xabarda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ОКМК матбуот хизмати