Ro'ziqul Berdiev: "Jahon chempionatida Abduvohidda ham xatolar bo'ldi. Qiyinchiliklarni enga olish kuchli insonga xos jihat"

Оқил Абдубарноев
17 iyul 2026, 11:47
"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev klub futbolchilarining O'zbekiston terma jamoasi tarkibida mundialdagi ishtirokiga baho berdi.

"Abduvohidda ham xatolar bo'ldi. O'zi bilan bu haqda suhbatlashdim. Eng asosiysi – u bunday vaziyatni engishi va unutishi kerak. Qiyinchiliklarni enga olish kuchli insonga xos jihat.

Maqsadimiz Jahon chempionatida ishtirok etish edi va bunga erishdik. Xato va kamchiliklar dars bo'ldi, buni tuzatish kerak. Endilikda Jahon chempionatida muntazam qatnashishimiz kerak. Keyingi mundial chiqa olmaslik biz uchun falokat hisoblanadi. Hammasi yaxshi bo'ladi", dedi Berdiev.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia