

Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" klubi Superliganing 12-turi doirasida "Nasaf"ni "Olimpiya" stadionida qabul qildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, maydonga yoz sharoitida chimni yaxshi saqlash uchun kimyoviy vositalar sepilgan. Shuningdek, stadion hududida chiroq o'chishi bilan bog'liq muammo bor. Bunga aniqlik kiritish maqsadida bosh murabbiydan fikr so'raldi.
"Qachon o'z uyimizga qaytamiz? Bu savolni stadion direkciyasiga berish kerak. Men bosh murabbiyman va qachon qaytishimizni bilmayman. Hozirgi vaziyatda o'zimizni uydagidek his qilmayapmiz. Shuning uchun bu borada aniq bir narsa deya olmayman, ushbu savolni bevosita stadion direkciyasiga berganingiz maqul", dedi 44 yoshli mutaxassis.



