

U uchrashuvdagi qiyinchiliklar, ob-havo sharoiti va o'yin oldidan jamoa duch kelgan kutilmagan muammolar haqida gapirib o'tdi.

"Nasaf"ga qarshi uchrashuv juda og'ir kechdi. Buning ustiga, havo harorati ham ancha yuqori edi. Shunga qaramay, maydonda bor kuchimiz bilan harakat qildik. Afsuski, yakunda g'alabani qo'ldan boy berdik.
Buni bahona qilmoqchi emasman-ku, lekin kecha jamoadoshlarim deyarli uxlay olishmadi - bazada elektr energiyasi o'chib qolgandi. Tabiiyki, tiklanish tartibi (rejim) buzildi va bu uchrashuv davomida charchoq sifatida o'z so'zini aytdi.
Men doim chiroyli gollar urishga intilaman. Bugun ham qulay vaziyat yuzaga keldi va undan unumli foydalana oldim”, – dedi Bilolxon Toshmirzaev.



