Oasis yetakchisi "Manchester Siti"ga qanday jazo berilishini oshkor qildi

Sherzod Nurmatov
28 sen 2026, 20:20
Oasis guruhi vokalisti va "Manchester Siti"ning ashaddiy muxlisi Liam Gallaxer ingliz klubining Premer-liga moliyaviy qoidalarini buzganlik uchun ehtimoliy jazosi haqida fikr bildirdi.

"Hozirgina bir juda yuqori martabali shaxs agar biz apellyaciyada yutqazsak, garchi bu ro'y bermasa ham, bizni faqat jarima va transfer taqiqi kutayotganini aytdi. Shu bilan tamom. Shunday ekan, ovozingizni o'chiring, tushkunlikka tushgan asabiy lanatilar. Olg'a, “Siti”!", – deb yozdi Gallaxer ijtimoiy tarmoqlarda.

Avvalroq "Manchester Siti" APL moliyaviy qoidalarini buzish bo'yicha qo'yilgan deyarli barcha ayblovlarda aybdor deb topilgani ma'lum bo'lgandi. Klub qaror ustidan apellyaciya berish niyatida.

2023 yilning fevral oyida Premer-liga "Manchester Siti"ga nisbatan 2009 yildan 2018 yilgacha sodir etilgan qoidabuzarliklar bo'yicha ayblov qo'ygandi. Dastlab 115 ta band haqida xabar berilgan bo'lsa, keyinroq “The Times” hisoblash xususiyatlari sababli gap 130 ta qoidabuzarlik haqida ketayotganiga aniqlik kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun