Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiylari tarixidagi eng yomon startni qayd etdi

Sherzod Nurmatov
28 sen 2026, 19:08
Germaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp milliy jamoa murabbiylari tarixidagi eng yomon startni ko'rsatdi.

Bu haqda Goal.com ma'lum qildi.

27 sentyabr kuni Germaniya Millatlar Ligasining 2-turida Gretsiyaga imkoniyatni boy berdi (0:1). Kloppning debyut uchrashuvida esa germaniyaliklar Niderlandiya bilan durang o'ynagandi (1:1).

Klopp Germaniya terma jamoasi tarixida dastlabki ikkita o'yinda umuman g'alaba qozonmagan uchinchi murabbiyga aylandi. Shu bilan birga, Zepp Xerberger (1937) va Xelmut Shyon (1965) ikki marta durang qayd etib, ikki ochkodan jamg'argan bo'lsa, Klopp hisobida atigi bir ochko bor.

1 oktyabr kuni Germaniya Myunxenda Millatlar Ligasining 3-turi doirasida Serbiyaga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com