

Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaning xabar berishicha, 48 yoshli mutaxassis bilan yangi bitim 2030 yilgi Jahon chempionatiga qadar mo'ljallanadi. Shu bilan birga, uning amaldagi kelishuvi 2026 yilning dekabrida nihoyasiga etadi.
Skaloni 2018 yilning yozidan buyon milliy terma jamoani boshqarib kelmoqda. Uning faoliyati davomida terma jamoa JCH-2022’ning oltin medalini qo'lga kiritdi hamda ikki marta Amerika Kubogida g'olib chiqdi. So'nggi JCHda argentinaliklar Skaloni boshchiligida finalgacha yetib borib, u yerda Ispaniya terma jamoasiga imkoniyatni boy berishdi. Skaloni qo'l ostida o'tkazilgan jami 104 ta uchrashuvda jamoa 80 ta g'alaba, 14 ta durang va 10 ta mag'lubiyat qayd etgan.



