"Manchester Siti" qoidabuzarliklar uchun jazolansa, Holand "Barselona"ga o'tishi mumkin

Sherzod Nurmatov
28 sen 2026, 11:25
Agar "shaharliklar" APLning moliyaviy qoidalarini buzgani uchun jiddiy jazo olsa va norvegiyalik hujumchi klubni tark etishga qaror qilsa, "Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand "Barselona"ning asosiy transfer maqsadiga aylanish ehtimoli bor.

"Manchester Siti" APL moliyaviy reglamentlarini buzish bo'yicha ayblovlarning deyarli barcha bandlari bo'yicha aybdor deb topildi - faqat bitta holat bundan mustasno.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" vingeri Rafinya hozirda markaziy hujumchi poziciyasida muvaffaqiyatli to'p tepayotgani va muntazam gol urayotganiga qaramay, sport direktori Deku boshchiligidagi klub klassik forvard bilan shartnoma imzolash fikridan voz kechmagan. "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares esa, aftidan, endi variant sifasida ko'rib chiqilmayapti.

Biroq kelasi yozda "Barselona" moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Agar Holandning transferi haqiqatga aylansa, barchasi klubning o'sha paytdagi holatiga bog'liq bo'ladi, deya xabar berdi manba.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Nacional