

"Ancha vaqt bo'lgan edi. Ochig'i, bu voqea juda uzoq vaqtdan beri davom etib kelmoqda. Men Rodri aytgan fikrlarga qo'shilmayman. Bu klubning o'z tanlovi edi - ular g'irromlik qilish yo'lini tanlashdi.
So'nggi yillarda nimani yutib olishgan bo'lmasin, ular jazoga loyiqdirlar. Qayerdan boshlab, qayerda to'xtash kerakligini aytish qiyin, ammo ular g'irromlik qilishdi. Ular aybdor deb topildi va endi munosib jazoni qabul qilishlariga to'g'ri keladi. Shuncha modda bo'yicha aybning tan olinishi haqiqiy shok bo'ldi", - dedi Kinning so'zlarini Daily Mail nashri.
Ilgariroq "Manchester Siti" 115 ta epizoddan 114 tasi bo'yicha aybdor deb topilgani xabar qilingan edi. Ayblovlar noto'g'ri moliyaviy ma'lumotlarni taqdim etish, o'yinchilar va murabbiylarga to'lovlar, shuningdek, moliyaviy nazorat talablariga rioya qilmaslik bilan bog'liq.



