

Qiziqarli kechgan uchrashuvning 1-bo'limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limni hujumkor boshlagan Samarqand jamoasi hisobni ochdi. Yakkama-yakka vaziyatga chiqib borgan Amadu Dumbuya gol muallifi bo'ldi – 1:0.
75-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Tigran Avanesyan ikkinchi bor ogohlantirilib, maydondan chetlatildi. Ko'p o'tmay Anvar G'ofurov shogirdlari hisobni tenglashtirishdi – 1:1.
Shu kuni murabbiylar shtabi ikkinchi bo'limda bir qator yosh futbolchilarga ham imkoniyat berishdi va ular ishonchni oqlashdi. Hojimirzaev o'rniga zaxiradan maydonga tushgan “Dinamo” U-21 jamoasi hujumchisi Rahmatullo Izzatullaev 89-daqiqada gol urib, maydonda 10 kishi qolgan ”Dinamo”ga “Surxon” ustidan g'alaba keltirdi – 2:1.
Vadim Abramov shogirdlari Toshkentdagi yig'inni 30 sentyabr kuni “Olimpik-MobiUz” jamoasiga qarshi nazorat o'yini bilan yakunlab, Samarqandga qaytishadi.
O'rtoqlik o'yini. Toshkent
28 sentyabr (dushanba)
“Dinamo” – “Surxon” 2:1
Gollar: Amadu Dumbuya 50’, Rahmatullo Izzatillaev 89’ – Farhodbek Solihjonov 76’.
“Dinamo”: Sarvar Karimov, Salim Mustafoev, Jaloliddin Jumaboev, Ulug'bek Abdullaev, Artyom Radaev, Akbar Xudoyberdiev, Haris Hayderovich, Nurullo To'xtasinov, Amadu Dumbuya, Abdug'afur Haydarov, Anvarjon Hojimirzaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Marko Stanoevich, Fozilbek Zokirov, Jahongir Abdusalomov, Behruzbek Obloqulov, Tigran Avanesyan, Rasul Yo'ldoshev, Edem Seytveliev, Rahmatullo Izzatullaev, Davlat Qo'ldoshev.
Chetlatish: Tigran Avanesyan 75’




