

Manbaga ko'ra, har ikki klub vakillari 20 yoshli jazoirlik futbolchining o'sishi va transfer qilish imkoniyatini baholash maqsadida joriy mavsumda uni kuzatib borishgan.
Maza Bundesliganing eng yorqin yosh istedodlaridan biriga aylanib bormoqda. U 2026/27 yilgi mavsum 4 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Shuningdek, u Afrika Millatlari Kubogi saralash turniri doirasida Jazoir terma jamoasining Zambiyaga qarshi bahsida (3:1) 1 tadan gol va assist qayd etdi.
"Arsenal" va "Tottenxem"dan tashqari, yarim himoyachining o'sishini "Chelsi", "Manchester Siti" va "Aston Villa" klublari ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Maza 2025 yilning iyul oyidan buyon "Bayer" tarkibida o'ynab kelmoqda, uning bitimi 2030 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 45 million evroga baholamoqda.



