Suares: "Oyarsabal vaziyatlardan foydalanishda Mbappedan yaxshiroq, ammo "Oltin to'p"ga hatto da'vogarlik ham qilmayapti"

Aslanov Jasurbek
28 sen 2026, 20:29
"Almeriya", "Selta" va "Sevilya" sobiq darvozaboni Esteban Suares Ispaniya terma jamoasining bazi o'yinchilarining yakka tartibdagi mahorati munosib baholanmayapti deb hisoblaydi.

- Bizda munosib baholanmagan o'yinchilar bor.

Oyarsabal "Oltin to'p"ga da'vogar deb ham hisoblanmaydi, vaholanki u, masalan, vaziyatlardan foydalanish borasida Mbappedan ancha yaxshiroq, - dedi Suares.

"Real Sosedad" hujumchisi Mikel Oyarsabal, "Real" forvardi Kilian Mbappedan farqli o'laroq, bu yil "Oltin to'p"ga 30 nafar nomzod ro'yxatiga kirmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport