

"Men uchun Krishtianu Ronaldu - hamma narsada namuna. U “Real”da menga nisbatan juda yaxshi munosabatda bo'lgan va futbolchi sifatida ko'p yordam bergan. Buni hech qachon unutmayman. U bilan birga o'ynash - har bir bolaning orzusi. Uning yonida bo'lish va u bilan birga to'p tepishdan olgan his-tuyg'ularim ajoyib edi", – dedi norvegiyalik futbolchi.

Edegor 27 yoshda. U 2015-2017 yillarda "Real" tizimida bo'lgan. Ronaldu esa 2009–2018 yillarda "Real" sharafini himoya qilgan. Hozirgi vaqtda yarim himoyachi "Arsenal" sardori hisoblanadi.



