Neymar "Santos" mashg'ulotlari paytida kichik Robino bilan yoqalashdi

Sherzod Nurmatov
4 may 2026, 15:45
Neymar 3 may kuni ertalab "Santos" mashg'ulotlari paytida noxush hodisa ishtirokchisiga aylandi.

Manbaga ko'ra, 34 yoshli hujumchi 18 yoshli yarim himoyachi Robino Juniorni chalib yiqitgan va u bilan janjallashib ketgan. Yosh jamoadoshi uni aldab o'tganidan keyin Neymarning jahli chiqqan va o'zini behurmat qilinayotgandek his qilgan. Futbolchilar o'zaro talashib-tortisha boshlagan va hatto Neymar yarim himoyachiga qo'l ko'targan.

Santos va Robino Junior vakillari ma'lumotga izoh bermagan. Neymar tomoni esa, o'z navbatida, bu masaladan bexabarligini bildirgan.

Hozirda futbolchilar o'rtasidagi vaziyat hal bo'lgan. Neymar jamoadoshidan uzr so'ragan.

"Santos" 6 may kuni Janubiy Amerika Kubogi guruh bosqichi doirasida Paragvayning "Rekoleto" jamoasi bilan o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ge Globo