

Fabio Kannavaro: - Kongo ham juda ajoyib jamoa, tajribaga ega, jismoniy yaxshi shakllangan jamoa. Biroq biz ularni yutish uchun harakat qilamiz. Ertaga o'yin boshqacha bo'ladi, chunki biz ikkita eng yuqori darajadagi raqiblar bilan o'ynab bo'ldik. Oxirgi o'yin ham oson kechmadi, uni tahlil qildik.

- Birinchi bahsda Yusupov yaxshi o'yin ko'rsatdi. Biz shunchaki boshqa darvozabonimizga ham imkoniyat berishni xohladik. Bizda yuqori darajadagi 3 ta darvozabonimiz bor.
- Men barchaga imkoniyat berishga harakat qilyapman, chunki bu juda ham muhim tajriba hisoblanadi.
- Biz Jahon chempionatida juda ko'p narsani o'rganmoqdamiz. Biz jamoa sifatida o'sishimiz mumkin bu turnirda. Chunki yuqori darajadagi raqiblarga qarshi o'ynab keldik. Ertangi bahs ham bizni rivojlanishimizga xizmat qiladi.
- Mamlakatda bolalar futboli, akademiyalar va yoshlarga alohida e'tibor beriladi. Shu sababli O'zbekiston ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etmoqda.
- Albatta ertaga avvalgi o'yinlarga nisbatan erkinroq bahs bo'ladi. Chunki avvalgi 2 ta turda biz juda kuchli raqiblar bilan o'ynadik. Shu sababli ertangi o'yin biz uchun boshqacha bo'ladi.
- Men murabbiy sifatida o'yin sifatini oshirishga, futbolchilarga yordam berishishga harakat qilaman. Ertaga qo'limizdan kelgan barcha imkoniyatni amalga oshirib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Eldor Shomurodov: - Asosiy maqsadimiz bizni qo'llab turgan xalqimizni xursand qilish. Birinchi golimizni urdik, endi vazifamiz birinchi g'alabaga erishish.
Himoyani ham unutmasligimiz kerak, gol urishga intilib orqani unutamiz, degani emas. Birinchi navbatda g'alabaga erishish muhim. Asosiy maqsad tartibli o'yin namoyish etib, g'alabaga erishish.
Muxlislarimiz kuch berib turdi, nafaqat stadiondagi balki O'zbekistondagi ishqibozlarimizning ham qo'llab-quvvatlab turishlarini his qildik. Ularga albatta minnatdorchilik bildiramiz va ularni keyingi o'yinda xursand qilishga harakat qilamiz.


