

Forvard guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan Shotlandiyaga qarshi o'yinda (3:0) zaxiradan maydonga tushdi.
"Yuragim tez uryapti, juda hayajondaman, lekin baxtliman!" - deb yozdi Neymar o'zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Neymar 76-daqiqada hujumchi Mateus Kunyaning o'rniga maydonga tushdi.
Neymarning Braziliya terma jamoasidagi bundan oldingi o'yini JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Urugvay terma jamoasiga qarshi (0:2) kechgan edi. O'sha uchrashuv 2023 yil 18 oktyabrda bo'lib o'tgan.



