

Robinoning o'g'li mashg'ulot paytida Neymar bilan yuzaga kelgan mojaro haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, yakshanba kuni "Santos" mashg'ulotida futbolchilar o'rtasida to'qnashuv sodir bo'lgandi – 34 yoshli hujumchi 18 yoshli vinger uni aldab o'tganidan norozi bo'lgan va buni hurmatsizlik deb baholab, "tinchroq o'ynashni" so'ragan. Mojaro itarib yuborishlar bilan kichik mushtlashuvga aylanib ketgan. Guvohlarning so'zlariga ko'ra, Neymar avvaliga raqibiga oyoq qo'ygan, keyin esa, ehtimol, uni urgan.
"Milan" va “Manchester Siti” sobiq hujumchisi Robinoning o'g'li klub rahbariyati bilan uchrashuv so'ragani va shartnomani bekor qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Albatta, bu vaziyat meni xafa qildi, chunki u bolaligimdan beri kumirim bo'lgan. Men bu yigitni juda yaxshi ko'raman. 8 yoshimda u menga ilk sovg'asini – futbolkasini bergandi. O'shanda rosa yig'laganman va uni shu kungacha saqlab kelaman.
Bu vaziyat juda katta shov-shuvga sabab bo'ldi. Bu xato bo'lgan taqdirda ham, u allaqachon uzr so'radi va buni tan olishga mardligi etdi. Mening ham uning oldiga borib, gaplashib olishga kuchim etdi.
Biz gaplashib oldik, endi hammasi joyida. Atrofimizdagi odamlar yolg'on gapirishmoqda va bu vaziyatning bunday darajaga chiqqanini ko'rish achinarli. Lekin men xotirjamman, biz gaplashdik, uni juda yaxshi ko'raman va hammasi hal bo'ldi", – dedi kichik Robino Sudamerikana Kubogi doirasidagi "Deportivo Rekoleta"ga qarshi o'yindan (1:1) so'ng.



