LIVE. JCH. Norvegiya - Fransiya 1:3 (matnli translyatsiya)

27 iyun 2026, 00:15
JCH-2026 "I" guruh 3-tur doirasidagi uchrashuvning matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumuin.

JCH, “I” guruhi, 3-tur

Norvegiya - Fransiya 1:3

Gollar: 7, 20, 32 - Usman Dembele, 21 - Telo Osgor

Norvegiya: 13. Egil Selvik, 4. Leo Estigor, 25. Xenrik Falxener, 15. Fredrik Byorkan, 14. Fredrik Eursnes, 6. Patrik Berg, 18. Kristian Torstvedt, 19. Telo Osgor, 22. Oskar Bobb, 21. Andreas Shelderup, 11. Yyorgen Strann Larsen.

Zaxira: 1. Eryan Nyuland, 12. Sander Tangvik, 3. Kristoffer Aer, 5. David Myoller Volfe, 16. Markus Pedersen, 17. Torbyorn Xeggem, 24. Sondre Langos, 26. Yulian Ryuerson, 2. Morten Torsbyu, 8. Sander Berge, 10. Martin Edegor, 23. Yens Petter Xyouge, 7. Aleksandr Syorlot, 9. Erling Holand, 20. Antonio Nusa.

Fransiya: 16. Mik Menyan, 5. Jyul Kunde, 4. Deotshankyul Upamekano, 19. Teo Ernandes, 26. Maksans Lakrua, 8. Orelen Chuameni, 20. Dezire Due, 6. Manu Kone, 7. Usman Dembele, 11. Maykl Olise, 10. Kilian Mbappe.

Zaxira: 1. Bris Samba, 23. Roben Risser, 2. Malo Gyusto, 3. Lyuka Din, 15. Ibraima Konate, 17. Vilyam Saliba, 21. Lukas Ernandes, 13. N'Golo Kante, 14. Adrien Rabo, 18. Uorren Zair-Emeri, 24. Rayan Sherki, 25. Magnes Akliush, 9. Markus Tyuram, 12. Bredli Barkola, 22. Jan-Filipp Mateta.

45+5. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45+1. Olisening zarbasi osmon-u-falakka ketdi.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

45. Kone ham Due kabi darvozabon bilan birga-bir chiqdi, ammo bu safar ham Selvik faol harakat qildi.

42. Due himoyachining xatosidan so'ng zo'r vaziyatga chiqqandi, ammo to'pga birinchi bo'lib Norvegiya posboni kelib, ushlab oldi.

40. Temp biroz tushdi, deyish mumkin. O'yin asosan maydon markazida kechmoqda.

35. Chuamenining uzoq masofadan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

33. Qoyil, Dembele! Holand endi maydonga tusharmiki?

gettyimages-2283473622-2048x2048.jpg

32. GOL! Dembeledan xet-trik! Usmon o'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga aniq joylab qo'ydi!

24. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishi uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

23. Teoning zarbasi aniq bo'lmadi.

22. Gollarga boy uchrashuv ko'ramiz, shekilli?

gettyimages-2282949931-2048x2048.jpg

21. GOL! Telo Osgor hisobni qisqartirdi! Maydon markazidan o'yin boshlanishi bilanoq hujumga o'tdi “vikinglar” va Osgor gol urdi!

21. Hisob ikkitaga oshirdi, Norvegiya qanday yo'l tutarkin?

gettyimages-2283472525-2048x2048.jpg

20. GOL! Dembeledan dubl! Mbappening uzatmasini PSJ forvardi uzoqdan aniq zarba bergan holda golga aylantirdi!

18. Mbappe yaxshi vaziyatdan turib zarba berdi, ammo darvozabon to'pni qaytardi.

14. Strann Larsen yana juda qulay vaziyatga chiqdi va zarba berdi, biroq noaniq ketdi…

13. Olisening zarbasi rekoshet sabab darvozaga bormadi.

11. Strann Larsenning zarbasini Menyan ushlab oldi.

8. Duening zarbasi kuchsiz chiqdi.

8. Fransiya tezkor gol urdi, buyog'iga “vikinglar” qanday o'yin ko'rsatadi, kuzatamiz.

gettyimages-2283470163-2048x2048.jpg

7. GOL! Dembele hisobni ochdi! Mbappening uzatmasidan so'ng Usmon aniq zarba berib, gol urdi!

5. Konening xavfli zarbasini Selvik qaytardi!

1. Ilk daqiqadanoq francuzlar oldinga yurish qildi: Mbappening kuchli zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi.

1. O'yin boshlandi!

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni JCH-2026 "I" guruh 3-tur doirasidagi Norvegiya - Fransiya uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia