Mourinyu terma jamoada ishlash istagini bildirdi: "Bir kuni albatta buni amalga oshiraman"

27 iyun 2026, 00:20
"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyu terma jamoada ishlash ehtimoli haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

"Klub futboli - men uchun eng tabiiy muhit. Har kuni mashg'ulotlar, haftasiga ikki-uchta o'yin... Futbolchilar bilan birga bo'lish, ular bilan ishlash, ularni tushunish, bahslashish, quchoqlash, hatto tanbeh berish. Menimcha, bu mening yo'nalishim.

Ammo Jahon chempionati yoki Yevropa chempionati muhitini ko'rganimda, aynan shu ish bilan ham shug'ullangim keladi. Va bir kuni albatta buni amalga oshiraman", - dedi Mourinyu Beast Mode On Podcast'ga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Manba: Beast Mode On Podcast'га