Ilhom Mo'minjonov shtabiga ikki mutaxassis qo'shildi

26 iyun 2026, 22:05
“Metallurg”da yangi murabbiylar.

“Avval xabar berganimizdek, “Metallurg” PFK ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

Rejaga ko'ra, tayyorgarlikning dastlabki qismi Bekobodda start oldi.

Chempionatning ikkinchi davrasiga puxta tayyorgarlik ko'rishni maqsad qilgan jamoamiz turli yo'nalishlarda ish olib bormoqda.

Jumladan, Mo'minjonov murabbiylar shtabiga klub uchun begona bo'lmagan ikki nafar mahalliy murabbiylar Ilyos Qurbonov hamda Zohid Abdullaev qo'shildi.

Har ikki mutaxassis “Metallurg” muxlislari uchun yaxshi tanish, o'z vaqtida klub libosida maydonga tushgan sobiq hujumchilar sanaladi.

Professional futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Ilyos Qurbonov 2015 yil Bekobod klubiga qaytgan va turli lavozimlarda faoliyat olib borgan, bir muddat jamoa bosh murabbiyi sifatida ham ishlagan.

Bekobod futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Zohid Abdullaev esa faoliyatining katta qismini “Metallurg”da o'tkazgani, jumladan, klub tarkibida O'zbekiston oliy liga o'yinlarida eng ko'p maydonga tushgan va eng ko'p gol urgan futbolchi ekanligi hech kimga sir emas. 

Shunday qilib, bungacha “Metallurg” U-19 jamoasida ish olib borgan ikki mutaxassis endilikda Ilhom Mo'minjonovga bevosita yordam beradigan bo'ldi.

Ushbu o'zgarishlar jamoa uchun manfaatli bo'ladi va mutaxassislarimiz “Metallurg” muvaffaqiyatlariga o'z hissalarini qo'shadilar, deb ishonib qolamiz”, - deyiladi xabarda.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Металлург" матбуот хизмати