Ferdinand MYUda Kazemiro uchun o'rinbosar kim bo'lishi mumkinligini aytdi

27 iyun 2026, 00:41
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinand APL klubiga "Real" yarim himoyachisi Orelen Tchuamenini sotib olish uchun bor imkoniyatni ishga solishni tavsiya qildi.

"Mourinyuning "Real"ga kelishi bilan bog'liq eng muhim savol men uchun bitta - "Manchester Yunayted" Tchuamenini qo'lga kirita oladimi?

Men u haqida doim gap-so'zlarni eshitaman. Agar klubda Kazemironing o'rniga yarim himoyachi sotib olish imkoniyati bo'lsa, Tchuameni mening ro'yxatimda birinchi o'rinda turgan bo'lardi.

Men avval ham Joze Tchuameni va Valverdeni yarashtirib, ikkalasini ham "Real"da saqlab qolishi kerakligini aytganman. Ammo agar Tchuamenida klubni tark etish uchun ozgina bo'lsa ham imkoniyat paydo bo'lsa, "Manchester Yunayted" birinchi bo'lib uning eshigini taqillatishi va boshqa klublar bilan gaplashishga ham ulgurmasidan transferni yakunlashi kerak", - dedi Ferdinand o'zining YouTube kanalida.

Sobiq jamoa sardori francuz futbolchisiga shaxsan ham murojaat qildi.

"Biz bir necha marta shaxsiy suhbatlashganmiz va men sening mening ko'rsatuvimni tomosha qilishingni bilaman.

Endi senga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilaman: agar rostdan ham "Real"ni tark etmoqchi bo'lsang, sen uchun faqat bitta klub bor - "Manchester Yunayted". Agar buni istasang, shunchaki qo'ng'iroq qil. Men bo'lganimda xuddi shunday qilgan bo'lardim", - dedi Ferdinand.

O'xshash yangiliklar


Manba: Metro