Messi Iordaniya bilan o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlaydi

26 iyun 2026, 23:40
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2026 guruh bosqichining Iordaniya terma jamoasiga qarshi o'yinini zaxira o'rindig'ida boshlaydi.

Manbaga ko'ra, Janubiy Amerika terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni jamoa sardoriga dam bermoqchi. Qayd etilishicha, Lautaro Martines va Xulian Alvares o'yinni asosiy tarkibda boshlashlari mumkin.

Iordaniya - Argentina o'yini 28 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 7:00 da bo'lib o'tadi. Messi beshta gol bilan JCH-2026 to'purarlari poygasida yetakchilik qilmoqda.

Argentina “J” guruhidagi ikki o'yindan so'ng olti ochkoga ega bo'lib, muddatidan oldin pley-off bosqichiga yo'l oldi. Avstriya va Jazoir uch ochkodan, Iordaniya esa nol ochkoga ega.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN