

"Dam olish kunlarida Neymar tibbiy tekshiruvidan o'tadi. Agar barchasi yaxshi kechsa, u kelasi haftadan jamoa bilan mashg'ulotlarni boshlashi mumkin", - dedi Anchelotti A Bola nashriga bergan intervyusida.
28 may kuni Neymar mushak jarohatini olgani va taxminan uch hafta maydondan chetda qolishi va hattoki JCHdan “tashqarida bo'lishi” haqida xabar tarqalgandi.
2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati 11 iyun kuni start olsa, Braziliya terma jamoasi musobaqadagi ilk uchrashuvini 14 iyun kuni Marokashga qarshi o'tkazadi.


