

AQSHning Illinoys shtatidagi Chikago shahrida joylashgan O'Xara aeroporti xavfsizlik xizmati xodimlari Iroq milliy jamoasi hujumchisi Ayman Husseynni Jahon chempionatida ishtirok etish uchun AQSHga yetib kelganidan so'ng etti soat davomida ushlab turib, so'roq qildi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Iroq delegaciyasi futbolchini ozod qilish uchun bir necha bor murojaat qilgan, ammo bu urinishlar natija bermagan. Ayman Husseyn faqat etti soatlik so'roqdan keyin qo'yib yuborilgan.
Xabar qilinishicha, voqeaga terrorchilik faoliyatida gumonlanayotgan boshqa bir Iroq fuqarosi bilan yuz bergan adashish sabab bo'lgan.
2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika davlatlarida bo'lib o'tadi. Iroq termasi ilk uchrashuvini 17 iyun kuni Norvegiyaga qarshi o'tkazadi.



