Anchelotti: "Neymarsiz muhokama qiladigan hech narsamiz bo'lmasdi"

Sherzod Nurmatov
1 iyun 2026, 11:25
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti OAVning Neymarga qiziqishi haqida istehzoli izoh berdi.

Braziliya JCH-2026'ga tayyorgarlik doirasidagi birinchi o'rtoqlik o'yinida Panamani tor-mor etdi (6:2). Neymar jarohati tufayli tarkibdan chetda qoldi.

"Men Jahon chempionatiga qiziqish uyg'otmoqchiman, aks holda matbuot anjumanlarida muhokama qiladigan hech narsamiz bo'lmaydi. Agar Neymar bu yerda bo'lmaganida, nima haqida gaplashardik? Bu muhokama qilish uchun yaxshi mavzu, men uchun esa diqqatni jamlash uchun sabab", – dedi Anchelotti o'yindan keyingi matbuot anjumanida.

2.jpg

7 iyun kuni "selesao" Misrga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi va 14 iyun kuni Jahon chempionati guruh bosqichining birinchi o'yinida Marokash bilan to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Globo