"Real" hujumchisi Italiya sari yo'l olishi mumkin

6 iyun 2026, 22:50
"Real" hujumchisi Gonsalo Garsiya faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

"La Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko'ra, "Komo" klubi 22 yoshli futbolchi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Komo" Garsiyani Niko Pas transferidagi kabi shartlar asosida sotib olishi mumkin. Bunda "Real" futbolchini keyinchalik nisbatan arzon narxda qayta sotib olish huquqini saqlab qoladi. Shuningdek, hujumchi ijara asosida ham jalb qilinishi mumkin, bunda keyinchalik sotib olish bandi futbolchining yangi mavsumdagi sermahsulligiga bog'liq bo'ladi.

O'tgan mavsumda Gonsalo Garsiya barcha turnirlar doirasida 39 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Futbolchining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt uni 30 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport