

Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymar o'z poziciyasida Vinisius Junior va Rafinya bilan raqobatlashishini ma'lum qildi.
"Neymar o'ziga belgilangan poziciyada o'ynashi kerak. U markazda o'ynashi lozim, qanotda o'ynay olmaydi.
U vinger poziciyasida maydonga tushmaydi, balki maydon markazida, hujumchi yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida o'ynaydi. Yani Vinisius va Rafinya o'ynagan joyda", - dedi Anchelotti Panama bilan o'rtoqlik uchrashuvidan (6:2) keyin.
Eslatib o'tamiz, Braziliyaning JCH-2026 uchun tarkibiga kiritilgan Neymar ayni paytda boldir mushagidagi jarohatidan tiklanmoqda. Avvalroq 34 yoshli hujumchi 2-3 haftani o'tkazib yuborishi xabar qilingan edi.



