

Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.
"Agar saylovda g'alaba qozonsak, Grinvud bilan 2030 yil iyunigacha mo'ljallangan shartnoma imzolaymiz", - dedi Safi Romanoga.
Insayderning qo'shimcha qilishicha, angliyalik futbolchi Safining ijtimoiy tarmoqlardagi ushbu xabariga layk bosgan va uning sahifasiga obuna ham bo'lgan.
"Marsel" esa Grinvud uchun 50 million evro hamda qo'shimcha 5 million evro bonus talab qilmoqda.
Meyson Grinvud o'tgan mavsum Liga 1 doirasida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



