"Neftchi"ning Elit OCHLdagi raqibi – Saudiyaning "Al Ittihod" klubi sotiladi: uning narxi va shartlari ma'lum qilindi

Оқил Абдубарноев
24 okt 2026, 13:55
Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubini sotish jarayoni bo'yicha yangi tafsilotlar ochiqlandi.

Ma'lumotlarga ko'ra, klubning taxminiy qiymati 800 milliondan 1 milliard riyolgacha (taxminan 213–266 million AQSH dollari) baholanmoqda. Ushbu jarayon faqatgina klub nomi va savdo belgisini sotib olish bilan cheklanib qolmay, boshqaruv va moliyaviy investiciyalarni ham to'liq qamrab oladi.

Manbalarning takidlashicha, sotuv jarayoni bir necha bosqichda amalga oshiriladi:

  • Birinchi bosqich (yakunlangan): Klub nomi va brendini baholash hamda shu asosda takliflarni qabul qilish.

  • Ikkinchi bosqich (boshlangan): Mulk huquqi o'tganidan so'ng klubni boshqarish va ishlatish mexanizmlarini aniqlash.

  • Uchinchi bosqich: Moliyaviy masalalar va 800 million riyolgacha bo'lgan sarmoyani to'g'ri investiciya qilish yo'nalishlarini tasdiqlash.

Takidlanishicha, "Al Ittihod" o'zining tarixiy, ommaviy va tijorat ahamiyatiga ega ekanligi sababli arzon narxda sotilmaydi. Xaridordan klubning sportdagi mavqeini saqlab qolish va muxlislar talabini qondirish uchun aniq, uzoq muddatli strategiyaga ega bo'lish talab etiladi. Mazkur jarayon Saudiya Arabistoni davlat investiciya fondi tomonidan mamlakat futbolida moliyaviy barqarorlikni taminlash va xususiylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Osiyo Chempionlar ligasi Elit musobaqasida ishtirok etayotgan "Al-Ittihod" 26 oktyabr kuni O'zbekistonning "Neftchi" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu xalqaro bahsdan avval, saudiyaliklar juma kuni ichki chempionat doirasida "Ad Diriya" bilan, 30 oktyabr kuni esa "Abha" bilan kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Eremnews