Veynaldum "Al Ittihod" futbolchisiga aylandi

Sherzod Nurmatov
7 sen 2026, 20:15
"Al Ittihod" yarim himoyachi Jorjino Veynaldum bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Kelishuv 2027 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

35 yoshli niderlandiyalik futbolchi Saudiya Arabistoni klubi safiga erkin agent maqomida kelib qo'shildi. Uning avvalgi klubi "Al Ittifoq" bo'lib, u yerda 2026 yil yozgacha to'p tepdi.

3.jpg

2025/26 yilgi mavsumda futbolchi 34 ta o'yinda 17 ta gol urdi va 6 ta golli pas uzatdi.

Shuningdek, Veynaldum faoliyati davomida "Roma", PSJ, "Liverpul", "Nyukasl", PSV va "Feyenoord" jamoalarida harakat qilgan.

Transfermarkt portali Niderlandiya milliy terma jamoasi sobiq o'yinchisining transfer narxini 2,2 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif