

"O'zbekiston – so'nggi jahon chempionati ishtirokchisi, ularning bir nechta futbolchilari RPLda to'p tepadi. Qiziqarli o'yin bo'ladi. Menimcha, agar Rossiya terma jamoasida futbolchilarning optimal uyg'unligi bo'lsa, biz O'zbekistondan kuchliroqmiz. Agar bizda yangi o'yinchilar maydonga tushsa, jamoamiz o'zbeklar bilan teng kurash olib borishi mumkin. Venesuela haqida hech narsa deya olmayman, Janubiy Amerika jamoasini unchalik kuzatmayman, lekin u yerda futbol o'ynashni bilishadi.
Noyabrdagi tanaffusda ko'pincha yig'in selekciya xarakteriga ega bo'ladi. Murabbiylar avval terma jamoada bo'lmagan futbolchilarga e'tibor qaratishlari mantiqan to'g'ri. Albatta, terma jamoa tarkibi optimal bo'lganini kuzatish men uchun qiziqroq. Ammo murabbiylarda futbolchilarning kengroq qamrovini baholash imkoniyati bor", – dedi Nepomnyashchiy "Sovsport" muxbiriga.
Rossiya terma jamoasi 12 noyabr kuni Toshkentda O'zbekistonga qarshi maydonga tushadi. Valeriy Karpin jamoasi Venesuela bilan 17 noyabr kuni Krasnodarda kuch sinashadi.
Rossiyalik mutaxassis 2006 yil yanvardan noyabrgacha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. Nepomnyashchiy boshchiligida O'zbekiston terma jamoasi 6 ta rasmiy xalqaro o'yin o'tkazib, 3 g'alaba, 2 durang va 1 mag'lubiyat qayd etgan.



