Marseloning 17 yoshli o'g'li Madridning "Real" klubi asosiy tarkibida debyut qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
24 okt 2026, 12:30
Madridning "Real" klubi akademiyasi hujumchisi, "qaymoqranglilar"ning sobiq braziliyalik himoyachisi Marseloning o'g'li Enco Alves tez orada "Qirollik klubi"ning asosiy jamoasidagi ilk o'yinini o'tkazishi mumkin.

Bu haqda Ispaniyaning Diario AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, yosh forvard yoshlar darajasida ajoyib sermahsullik namoyish etmoqda: Madrid akademiyasi ("La Fabrika") tizimida u turli yosh toifalaridagi jamoalar safida hozirgacha 150 dan ortiq gol urishga ulgurgan.

Klub rahbariyati va Joze Mourinyu boshchiligidagi birinchi jamoa murabbiylar shtabi o'smirga katta umid bog'lamoqda. Ma'lum qilinishicha, Alves asosiy tarkib mashg'ulotlariga tobora yaqinlashib boryapti va joriy mavsumning o'zidayoq kattalar futbolida o'z imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, uning otasi Marselo 15 yil davomida (2007 yildan 2022 yilgacha) "Real" sharafini himoya qilib, 25 ta sovrinni, jumladan, beshta CHL kubogini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario AS