"Nasaf"ga qarshi o'yin oldidan: "Kuvayt" klubi delegaciyasi O'zbekistonga maxsus samolyotda keladi

Оқил Абдубарноев
24 okt 2026, 13:40
Kuvaytning eng nufuzli va yirik tadbirkorlaridan biri, "Kuvayt" futbol klubining faxriy prezidenti Ali al-G'animning o'g'illari klub delegaciyasini O'zbekistonning Qarshi shahriga olib kelish uchun maxsus samolyot bilan taminlashni o'z zimmasiga oldi.

Mazkur tashabbus Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasida jamoa uchun qulay sharoit yaratish, futbolchilar hamda murabbiylar shtabining safar davomida hordiq chiqarishini taminlash va qita miqyosidagi muhim bahsga tayyorgarlikni kuchaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, kelgusi chorshanba kuni "Kuvayt" klubini OCHL 2 musobaqasining guruh bosqichi 3-turi doirasida O'zbekistonning "Nasaf" jamoasiga qarshi muhim uchrashuv kutib turibdi.

Ayni paytda turnir jadvalida "Kuvayt" 3 ochko bilan guruhda ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Peshqadam – BAAning "Al-Vahda" jamoasi hisobida 6 ochko mavjud bo'lsa, Qarshining "Nasaf" hamda "Al-Xoldiya" klublari bittadan ochko jamg'argan holda keyingi o'rinlarni band etgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Alraimedia