

La Liganing 10-turidan o'rin olgan uchrashuv yakshanba kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.
"Ha, Parijda muvaffaqiyatsizlikka uchradik (CHLda "PSJ"dan 2:4 hisobida mag'lubiyat - Sports), ammo biz avvalgi kayfiyatni va shu ruhda davom etish - o'z ishimizni yaxshi bajarish istagini saqlab qoldik.
"Real"ning o'yin uslubi biznikidan farq qiladi, ammo raqobat ruhi doimo mavjud, ayniqsa bunday o'yinlarda, shu sababli madridliklar bor kuchini ishga solishini kutmoqdamiz.
O'ylashimcha, oxirgi 6-7 ta Klasikoning faqat bittasida ular g'alaba qozonishdi, shuning uchun endi ular revansh olishga chanqoq", - dedi Rodri.



