

Avvalroq jurnalist Fabricio Romano Saudiya Arabistoni klubining braziliyalik hujumchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edi. Biroq "Zenit" futbolchining transferi bo'yicha muzokaralar olib bormadi.
Shuningdek, forvardga "Botafogo" va "Roma" klublari ham qiziqish bildirgan edi.
Joriy mavsumda Enrike barcha turnirlarda ettita o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi. Futbolchining klub bilan mehnat shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 24 mln evroni tashkil etadi.



