Islom Ismoilov kechagi uchrashuvdan so'ng nimalar dedi?

13 okt 2026, 08:25
Elit OCHL musobaqasining 2-turidan o'rin olgan "Al Nassr" va "Neftchi" uchrashuvidan so'ng farg'onaliklar bosh murabbiyi Islom Ismoilov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Assalomu alaykum! O'yinning 30-daqiqasiga qadar tartibli futbol namoyish etayotgandik, birgina xato evaziga uchrashuvdagi koncentraciyani yo'qotib qo'ydik. Undan keyin 2-golni o'tkazib yubordik. 2-bo'limda o'yinga qaytishga harakat qildik. Hisobni ham qisqartirishga erishgandik, biroq olingan qizil kartochka baribir o'yinimizga ta’sir qildi. Shunga qaramay, jamoam xarakter ko'rsatdi. Qizil kartochkaga qaramasdan bir qator xavfli vaziyatlarni yaratdik. "Al-Nassr"dek kuchli jamoaga qarshi 10 kishi bo'lib o'ynash doim qiyinchilik tug'diradi. Bugungi o'yin uchun futbolchilarimga minnatdorlik bildiraman, ularga bugungi o'yin uchun hech qanday etirozim yo'q.

- Bugungi uchrashuvda qizil kartochkaga qaramasdan yaxshi o'yin ko'rsatdingiz. O'yindan so'ng futbolchilarga nimalar dedingiz?

- O'yindan so'ng futbolchilarga minnatdorlik bildirdik. Bu - bitta o'yin, bu o'yin bilan hayot to'xtab qolmaydi. Bizni oldinda ko'plab o'yinlar kutib turibdi. Xafa bo'lishga vaqtimiz yo'q. Yana uch kundan so'ng o'ynashimizga to'g'ri keladi. Hozirda faqat ruhiyatni ko'tarishimiz lozim va faqat oldinga intilishimiz kerak.

- Tanaffusdan so'ng golingiz bekor bo'ldi va shundan so'ng jamoangiz qizil kartochka ham oldi. Bu vaziyatlarga munosabatingiz qanday?

- To'g'risi, hali ikkala vaziyatni ham ko'rib chiqganimiz (yoki: ko'rib chiqqanimiz) yo'q. Shu sababli bu vaziyatlarga baho bera olmayman.

- Birinchi o'yinda g'alaba qozongandingiz va ikkinchisida mag'lub bo'ldingiz. Jamoa o'yinida nimalarni to'g'rilash kerak deb o'ylaysiz? Qizil kartochkaga bo'lgan munosabatingiz va bu o'yinga qanchalik ta’sir qildi?

- Har bitta o'yindan so'ng to'g'rilashimiz kerak bo'lgan jihatlar juda ko'p. Har bir o'yin bizga katta dars bo'ladi. Masalan, birinchi o'yinimizda 4-3-3 taktikasida harakat qilgan bo'lsak, bugun "Al-Nassr"ga qarshi 5-4-1 taktikasida harakat qildik. Har bir uchrashuv uchun bizda tanlangan taktika va rejalar bo'ladi. Bugungi o'yindan so'ng o'z xatolarimizni ko'rib chiqamiz, raqibning xatolarini ham o'rganamiz. Shulardan xulosa qilgan holda keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Lekin qaysidir bir jihatni alohida ko'rsata olmayman, sababi to'g'rilashimiz lozim bo'lgan jihatlar etarli. Biz g'alaba qozongan o'yinlardagi xatolar ustida ham ishlaymiz. Futbol shunisi bilan qiziq. Sababi siz bir xatoni tuzatganingizdan so'ng keyingi safar yana bir xatoga duch kelasiz.

Qizil kartochka haqida gapirsam, boya takidlaganimdek, bu vaziyatni hali ko'rganim yo'q. Hakamlar va VAR bor o'yinda qizil ko'rsatilgan ekan, demak, qizil kartochka bor.

- Jamoaga yangi o'yinchilar kelib qo'shildi. Ularning holati haqida nimalar deya olasiz? Ular haqida sizning fikringiz qanday?

- Bu o'zi murabbiylar uchun ham boshog'rig'i vaziyat edi. Bizning boshqa yo'limiz yo'q. Bu futbolchilarni Elit OCHL bahslari uchun olib kelganmiz va bularni bugun o'ynatishga majbur edik. Mishelga keladigan bo'lsak, u uzoq vaqt o'yin amaliyotiga ega bo'lmagandi. Sasse ham endi-endi jamoaga kelib qo'shilyapti. Markus uchun ham debyut edi. Uzoq vaqt futbolchilar o'yin amaliyotiga ega emasligi bugun bilindi. Biroq biz ularni o'ynatishimiz lozim. Chunki ular faqatgina ushbu musobaqada harakat qila olishadi. Umuman olganda, uchchala futbolchi ham yomon o'yin ko'rsatmadi. Ular asta-sekinlik bilan jamoamizga moslashib oladi. Biz barcha futbolchilarimizga ishonamiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia