

Turning markaziy qarama-qarshiligi Farg'onada bo'lib o'tadi. Unda "Neftchi" va "Navbahor" jamoalari o'zaro to'qnash keladi. Ushbu vodiy derbisi oldidan "Neftchi" sobiq murabbiyi Bahrom Haydarov fikrlari bilan bo'lishdi.
"Albatta, bu o'z nomi bilan derbi. O'yindan oldin qanday hisob qayd etilishini aytish juda qiyin. Lekin "Neftchi"ning hozirgi holati, futbolchilar mahorati, zaxira o'rindig'ining uzunligini, murabbiyning yangicha hujumkor o'yinni yo'lga qo'ygani kabi omillarni hisobga olish kerak. Aytganimdek, ko'p uchrashuvlarda "Neftchi"ning zaxira futbolchilari o'yinni kuchaytiryapti. Shuning uchun "Neftchi" g'alaba qozonadi deb o'ylayman", – deydi Bahrom Haydarov.
Ma'lumot uchun, bellashuv "Istiqlol" stadionida soat 20:00 da start oladi.



