Rasman: Zidan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi

Sherzod Nurmatov
28 iyul 2026, 14:30
Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan yangi ishga joylashdi.

54 yoshli mutaxassis Fransiya milliy terma jamoasini boshqaradigan bo'ldi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasining ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qilindi.

Tomonlar o'rtasidagi mehnat shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Jamoa bosh murabbiyi postida Zinedin 2026 yilgi Jahon chempionatidan so'ng o'z faoliyatini yakunlagan Dide Deshamning o'rnini egalladi.

Shimoliy Amerikada bo'lib o'tgan o'tgan mundialda Fransiya terma jamoasi yarim final bosqichigacha yetib borgandi. Finalga bir qadam qolganda “uchranglilar” Ispaniya terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda esa francuzlar Angliyaga 4:6 hisobida mag'lub bo'lishdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fff.fr