

Ma'lum bo'lishicha, Torabi tizzasidan jiddiy jarohat olgan va unda xochsimon paylarning uzilishi gumon qilinmoqda. Agar eronlik futbolchi jarrohlik stoliga yotsa, mavsumning ikkinchi yarmini to'liq o'tkazib yuboradi. Natijada, "Traktor" jamoasi qishki transferlar oynasida chap qanot vingeri o'rnini to'ldirishga majbur bo'ladi va bu poziciyaga aynan O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Oston O'runov asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining takidlashicha, o'zbekistonlik yulduzning agenti "Traktor" klubi rahbariyati bilan juda yaqin aloqalarga ega. Bu esa yaqin oylar ichida O'runovning "Persepolis"dan Tabriz jamoasiga ko'chib o'tishi va jarohat olgan Torabining o'rnini egallashi ehtimolini sezilarli darajada oshirmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Traktor" klubida o'zbekistonlik yana bir futbolchi Odil Hamrobekov to'p tepadi.



