Messi bilan xayrlashuv mojaroni kuchaytirdi: Argentina endi "Monumental"da o'ynamaydi

10 okt 2026, 14:32
Argentina terma jamoasi "River Pleyt" klubi bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik sababli bundan buyon "Monumental" stadionida o'z uy uchrashuvlarini o'tkazmaydi.

Bu haqda "La Nación" nashri xabar berdi. Ma'lumotlarga ko'ra, Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) klub rahbariyati bilan bir necha oy davomida yomonlashib kelgan munosabatlar ortidan 80 mingdan ortiq tomoshabinni sig'dira oladigan stadion xizmatlaridan foydalanmaslikka qaror qilgan.

Tomonlar o'rtasidagi munosabatlar 6 oktyabr kuni Lionel Messining terma jamoa bilan xayrlashuv marosimidan keyin yanada keskinlashgan. Tadbir davomida tashkiliy muammolar yuzaga kelgan: stadionda katta ekran va musiqiy chiqishlar uchun sahna bo'lmagan.

Tadbir tashkilotchisi Marketing Sports klubni turli cheklovlar qo'yganlikda, jumladan, sanatkorlar chiqishi vaqtida elektr taminotini uzib qo'yganlikda ayblagan. "River Pleyt" esa bu etirozlarni rad etgan. Klub vakillari ekranni olib tashlash haqida oldindan ogohlantirilganini, tashkilotchilar esa tadbirdan bir kun oldingina ishchi uchrashuv o'tkazganini bildirgan.

Mojaroning yana bir sababi - AFA prezidenti Klaudio Tapiyaning Messiga hurmat ko'rsatish marosimida maydonga chiqmagani bo'lgan. "River Pleyt" prezidenti Stefano Di Karlo esa futbolchiga esdalik sovg'asini o'z kabinetida topshirgan.

"La Nación" ma'lumotiga ko'ra, AFA rahbariyati klub bilan munosabatlarni tiklash imkoni qolmagan, deb hisoblamoqda. Argentina terma jamoasining yangi uy stadioni sifatida rekonstrukciyadan chiqarilgan "Syudad-de-La-Plata" arenasi ko'rib chiqilmoqda.

Shu bilan birga, Argentina terma jamoasining o'z yurtidagi yaqin uchrashuvlari qayerda o'tkazilishi hozircha rejalashtirilmagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Nación