"Xetafe" yana bir yulduz futbolchi bilan shartnoma imzolashga tayyor

24 okt 2026, 10:35
"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Jeydon Sancho agar erkin agent sifatida "Xetafe"ga o'tishga qaror qilsa, moliyaviy talablarini sezilarli darajada kamaytirishiga to'g'ri keladi.

Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.

Ispaniya klubi haftasiga taxminan 10 ming funt (12 ming evroga yaqin) to'lashga tayyor, "qizil iblislar" safida esa u xuddi shu muddat uchun 250 ming funt (300 ming evroga yaqin) olar edi. Hozircha Sancho "Xetafe"ga o'tish ehtimolidan voz kechgani yo'q, ammo avvaliga u hamma narsani jamoa bosh murabbiyi Xose Bordalas bilan muhokama qilib olmoqchi.

Avvalroq 26 yoshli Jeydon Sancho "Manchester Yunayted"dan ijara asosida "Aston Villa"da to'p surgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph