

“G” guruhi
Mazkur guruhda yodda qolarli jihat ilk turda - duranglar bo'ldi. Avvaliga Belgiya terma jamoasi Misrdan hisobda ortda bora turib, yakunda murosaga kelgan bo'lsa, Meksikadan AQSHga qatnab o'ynayotgan Eron Yangi Zelandiya bilan jangovar durang o'ynadi.
Guruh autsayderlari va favoritlari deya qaralgan jamoalar o'zaro o'yinlarni o'tkazishdi va hozircha hech nima aniq emas. So'nggi ikki tur “yonishi” aniq. Ko'p ehtimol, ushbu guruhdagi 3-o'rin sohibi 1/16 finalga yo'l olsa kerak.
Birinchi o'yinlardan so'ng guruhda vaziyat quyidagicha:

“H” guruhi
Duranglar guruhi davom etadi. O'tgan ikki bahsda kutilmagan natijalar qayd etildi desak mubolag'a bo'lmaydi. Avval Yevropa chempioni Ispaniya Kabo-Verde bilan durang o'ynab qo'ygan bo'lsa, keyin Urugvay Saudiya bilan murosa ko'chasini tanladi.
Qizig'i shundaki, ikki favorit va ikki autsayder jamoalar to'qnashuvida sensacion natijalar qayd etilgani bu mundialda hech kim “sovg'a” emasligidan dalolat. Yuqorida aytilgani kabi, bu guruhda ham hali hech nima aniq emas.
Birinchi o'yinlardan so'ng guruhda vaziyat quyidagicha:

“I” guruhi
Holand va Mbappe, allaqachon, jangga kirishib ulgurdi. Buyog'iga ularning bahsi yanada qiziydi, terma jamoalari esa raqiblarini almashib olishadi.
Francuzlar o'yinda yaxshi taassurot qoldirgan Senegalni mag'lub eta bildi. Norvegiya esa Iroqni “ko'rdim demadi”. Qanchalik yoqimsiz bo'lsa-da takidlash lozim, bu guruhdan kim pley-offga chiqishi-yu, kim qolib ketishi hozirdan ma'lum.
Birinchi o'yinlardan so'ng guruhda vaziyat quyidagicha:

“J” guruhi
Messi tepada nomi keltirilgan futbolchilarga master-klass o'tagan o'yinda Argentina Jazoirni mag'lub etdi. Amaldagi Jahon chempionlari, shubhasiz, guruh favoriti va ular ko'p ehtimol peshqadam bo'ladi guruhda.
Avstriya esa Iordaniya bilan yaxshi o'yin o'tkazdi. E'tiborli tomoni shundaki, osiyoliklar ochko olishga yaqin edi, ammo xatolar jamoaga qimmatga tushdi. Avstriya esa hali ko'pchilik uchun “bosh og'riq” bo'lishi turgan gap.
Birinchi o'yinlardan so'ng guruhda vaziyat quyidagicha:

“K” guruhi
Bir necha daqiqa avval yakunlangan o'yinda O'zbekiston MTJ Kolumbiyaga mag'lub bo'ldi. Bu orqali janubiy amerikaliklar guruhda peshqadam bo'ldi.
Turnirdagi yana bir kutilmagan natija ham ayni shu guruhda sodir bo'ldi. Unda Portugaliya Kongoni enga olmadi. Dastlabki daqiqalarda gol urib, faol bo'lgan bo'lsa-da, Ronaldu boshchiligidagi terma jamoada keyinchalik hech nima o'xshamadi.
Kongo esa kutilganidek emas, balki jismonan ancha kuchli terma jamoa bo'lib chiqdi. Hali bu terma jamoa Kolumbiyaga ham, O'zbekistonga ham jiddiy qarshilik ko'rsatadi.
Birinchi o'yinlardan so'ng guruhda vaziyat quyidagicha:

“L” guruhi
Takidlash lozimki, JCHning hozirgacha eng yorqin uchrashuvi ayni shu guruhda bo'ldi. Angliya - Xorvatiya bahsida 6 ta to'p kiritildi. O'yin tempi ham, harorati ham yuqori bo'ldi.
Gana esa so'nggi daqiqalarda gol urib, Panamani mag'lub etdi. Ehtimol, panamaliklar durangni saqlab qolishganda 3-o'rin uchun kurash qiziqroq bo'larmidi.
Birinchi o'yinlardan so'ng guruhda vaziyat quyidagicha:

JCH-2026'ni Allplay'da tomosha qiling - CHAMPIONATASIA promokodi bilan 45 kun bepul
Promokodni faollashtirish HAVOLASI



