

"Himoyadagi ikkita xatomiz, golga olib keldi. Boshqa muammo bo'lmadi, o'yinni nazorat qildik. Maydon holati yaxshi emas, ammo jamoam shu maydonda ham sifatli futbol namoyish eta olishini ko'rsatdi. Uch ochkoni qo'ldan boy berish alamli. Jamoaning holati yaxshi emas, yigitlar shunga qaramay bunday qiyin holatda yaxshi o'ynashdi", - deya gap boshladi Mirko Yelichich.
- Temurxo'ja Abduholiqov bilan ro'y bergan holat bo'yicha gapirib o'tsangiz...
- Temurxo'ja ligadagi eng yaxshi o'yinchilardan biri. U bizga faqatgina gol urishda emas, jamoani oila sifatida saqlab turishga yordam beradi. Bu katta yo'qotish. Endi oldinga yurishga davom etish kerak. Ro'y bergan vaziyat bizga ruhiy holatdan ta’sir o'tkazadi. Jamoa yana qancha vaqt ruhiy jihatdan qiynalib yurishini bilmayman. Biroz qiyin vaziyat.
- Nikita Shevchenkoning bugungi o'yiniga baho berib o'tsangiz...
- Nikitaga hali vaqt kerak. U ko'p o'ynagani yo'q. Ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lsa, o'ziga bo'lgan ishonchi ortadi. Bu jarayonni tezlashtirib bo'lmaydi. Nikita o'rinbosarlar jamoasida o'ynab kelayotgandi, ammo u yerdagi daraja va bosim Superligadan katta farq qiladi.




