

- O'yin haqida fikringiz?
- Yaxshi o'yin bo'ldi, biz chiroyli futbol ko'rsatishga harakat qildik. Afsus, qizil kartochka rejamizni chippakka chiqardi. Hakamlar yordamisiz ham "Yaypan" bemalol o'ynay olardi. Ikkita bir xil vaziyatga hakamlarning qarori boshqa-boshqa bo'ldi. Bu bilan ularni muhokama qilmoqchi emasman.
- Ketma-ket sakkizta mag'lubiyatni qanday izohlaysiz?
- Hammasiga o'zimiz aybdormiz. Balki yutuq bo'lganida jamoamizda pul bo'larmidi. Bugungi uchrashuvda yigitlarimizga tan berdim, hamma yaxshi o'ynadi.



