Andrey Shipilov: "Bugun g'alaba qozonmasak bo'lmasdi"

Абдулвосит Бектемиров
15 avg 2026, 22:12
Superliga 17-tur doirasidagi "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) o'yinidan so'ng qo'qonliklar ustozi Andrey Shipilov o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Validol" o'yin bo'ldi. Bugun omadimiz kelib, ikkita tezkor gol kiritdik. O'zgarishlarga ham qo'l urdik. O'yin yakuni ancha asabiy o'tdi. G'alati bir gol o'tkazib yubordik. G'alabaga loyiq edik deb o'ylayman. Safarda ham ancha yaxshi o'yin o'tkazgandik va bugun g'alaba qozonmasak bo'lmasdi. Yigitlarga ham shuni ta'kidladim, o'yindan oldin. Yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman. Maydon holati ham yomonlashib qoldi, afsuski", - deya gap boshladi Andrey Shipilov.

- Jamoa so'nggi 20 daqiqada maydonda "yo'qolib" qoldi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Psixologik holat deb o'ylayman. Birinchi navbatda hisobni ushlab qolish. Keyin esa jismoniy holatimiz. G'alaba qozonmaganimizga ham ancha bo'ldi. Ketma-ket qoniqarsiz natijalar. Ikkita to'p farqi bilan oldinda borayotganimizda yana bitta gol urib, 3:0 hisobida hisobni ushlab qolishimiz mumkin edi. O'zgarishlarni majburligimiz uchun amalga oshirdik. Nimeli, Sidiqov va Ibrohim zaxiraga olinishini so'radi. Bunday holat birinchi marotaba bo'lishi. Bugun juda juda qiyin o'yin bo'ldi. Tezkor ikkita gol bizga katta yordam berdi. "Lokomotiv" hujumda o'ynashini bilardik, ammo biz ham ikkita gol kiritdik. Omad ham biz tomonda bo'ldi. Avvalgi o'yinlarda juda qulay vaziyatlarni ko'kka sovurgandik. Yigitlarga ham o'yindan oldin shuni aytdim. Gol urmasak, g'alaba qozona olmaymiz. Endi keyingi o'yinga e'tibor qaratamiz. Toshkentda bizni qiyin raqib kutib turibdi. Tiklanish uchun bir kun kamroq vaqtimiz bo'ladi. Balki keyingi o'yinlarda 4-5ta rotaciyaga qilishimiz mumkin.

shipilov ichiga.JPG

O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif