

- O'yin haqida fikringiz?
- Judayam asabiy bahs kechdi. Futbolchilarimizga professionallik yetishmayapti, futbolni hushtakdan hushtakkacha o'ynash kerakligini tushunib yetishmayapti. Raqib bir kishi kam bo'lib qolgandi, agar bugun "Lochin", "Metallurg"ga qarshi ko'rsatgan o'yinimizni namoyish etganimizda yirik hisob bo'lardi.
Biz esa 2:0dan keyin bo'shashib qoldik va bu orqali o'zimizga tashvish orttirdik. Yo'q joydan jarima zarbasi belgilandi. Biz shuncha gapirgan bilan maydonda futbolchilar harakat qiladi. Yaxshiyam oxirida darvozabonimiz yordam berdi. Agar durang bo'lganida buni umuman kechirib bo'lmasdi. "TerDU"ni hurmat qilgan holda aytaman: bugun yutmasak bo'lmasdi. Bugun yutdik, lekin kayfiyatimiz a'lo darajada bo'lmadi. Endi navbatdagi bahsga hozirlik ko'ramiz.



