Yuriy Utkulbaev: "Vagiz Galiulin hozircha futbolchi, keyin nima bo'lishini ko'ramiz"

15 avg 2026, 22:48
Proliga 15-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" – "Kattaqo'rg'on" (1:0) uchrashuvidan so'ng kattaqo'rg'onliklar bosh murabbiyi Yuriy Utkulbaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Ikkita teng kuchli jamoa bahs olib bordi. O'yin golgacha davom etdi. Biz o'z imkoniyatimizdan foydalana olmadik, raqib esa gol urishga muvaffaq bo'ldi.

- Besh nafar himoyachi bilan o'ynadingiz. Maqsad bir ochkoni qo'lga kiritish edimi?

- Shuni aytishim, bu taktika bungacha foyda keltirgandi.

- Zaxiradan tushganlar o'yinni qanchalik o'zgartira oldi?

- Zaxiradan tushgan hamma yaxshi o'yin ko'rsatdi.

- "Lochin" bilan bahsda mag'lub bo'lgan edingiz. Bugun "Sho'rtan"ga ham imkoniyatni boy berdingiz. Har ikki jamoa o'rtasidagi farq haqida nima deya olasiz?

- "Lochin" bilan adashmasam ikki oy oldin o'ynagandik. Shundan beri vaqt o'tdi. Biz uchun qaysi hudud jamoasi bilan o'ynashning farqi yo'q. Baribir musobaqa davomida hamma bilan o'ynashimizga to'g'ri keladi.

- Vagiz Galiulin mavsum oxirigacha futbolchi sifatida faoliyatini davom ettiradimi yoki murabbiylar shtabiga qo'shib olasizmi?

- Vagiz Galiulin futbolchi sifatida ro'yxatdan o'tgan. Lekin u mashg'ulot payti bizga yordam berib kelyapti. Hozircha u futbolchi, keyin nima bo'lishini ko'ramiz.

- Bugungi o'yinga rejangiz qanaqa edi?

- Rejalar haqida gapirish va taktikani tushuntirib berish matbuot anujmanida ko'p vaqtni oladi. Qisqa qilib aytadigan bo'lsam, g'alaba uchun kelgandik, "Sho'rtan"ni yaxshi o'rganib chiqqandik, lekin omadimiz kelmadi va mag'lub bo'ldik.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia