

- O'yin haqida fikringiz?
- 90 daqiqa hujum qilib yakunda mag'lub bo'lish juda alam qildi. Avvaliga standart vaziyatdan gol o'tkazdik. Shundan so'ng hujumga zo'r berib hisobni tenglashtirdik. Bu orada bir nechta vaziyatdan foydalana olmadik. Darvozabonimizning qo'pol xatosidan keyin yana gol o'tkazdik. Yosh bolalarcha xato kuzatildi. Afsus, alamli mag'lubiyatga uchradik.




