Saudiya Arabistoni Pro ligasi. Ronaldusiz "Al Nassr" chempionatni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi, "Al Ittihod" esa ochko yo'qotdi

16 avg 2026, 01:10
Saudiya Arabistoni Pro ligasi 1-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Krishtianu Ronaldusiz o'ynagan “Al Nassr” o'z maydonida “Al Fateh”ni yirik hisobda taslim etdi. Gollarga Anjelo, Joau Feliks va Samu Koshta mualliflik qildi.

“Al Ittihod” esa ilk turda “Al Hulud” bilan durang o'ynadi. Dastlab Ussem Auar 32-daqiqada penaltidan foydalana olmadi. Yussuf En Nesiri 43-daqiqada hisobni ochdi. Mehmonlar 52-daqiqada Julien Domingesning goli bilan javob qaytarishdi. 58-daqiqada “Al Ittihod” yarim himoyachisi Danilo Pereyra maydondan chetlatildi va shu bilan darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi.

776383767_18085129607659364_2841231414798540623_n.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia